Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Millat ma’rifatparvarlari xotirasi abadiydir”


2021 yilning 7 iyun kuni Chirchiq Davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi oily ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida “Qatag’on qurbonlari hayoti va va faoliyati”ga bag’ishlangan tasviriy san’at asarlari tanlovi o’tkazildi. Tanlov O’zbekiston Fanlar Akademiyasi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi, O’zbekiston oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi, O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyi, Toshkent viloyati hokimligi, Chirchiq Davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tanlovda institutimizdan 8 nafar talabalari o’z ijodiy ishlari bilan munosib ishtirok etib, “Haykaltaroshlik” asarlari nominatsiyasida Odilov Elbek 76s-QMBKICH-20 guruh talabasi va “Grafika” asarlari nominatsiyasida Botirov Azizbek 32-QHAL-19 guruh talabasi faxrli o’rinlarni egallashdi hamda III-darajali diplom bilan taqdirlanishdi.

“Qurilish arxitektura” kafdrasi
katta o’qituvchisi
Sh.Tursunov