Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


TASHABBUS-2021


2021 yil 10- iyun kuni 15-MS-20 guruh talabalari Namangan shahrida o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkazilyotgan “ Tashabbus-2021” ko’rik tanloviga tashrif buyurdilar. Ushbu ko’rik tanlovda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalari o’zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonlari, hunarmandchilik, turizm yo’nalishi bo’yicha , baliqchilik, parandachilik, qurilish mollarini ishlab chiqarish, kasanachilik, meditsina va boshqa yo’nalishlar bo’yicha tadbirkorlar qatnashdilar. Talabalar viloyatimizda ishlab chiqargan yangi mahsulotlar bilan tanishdilar. O’zlari qiziqqan savollariga soha mutaxasislari tomonidan javob oldilar. Ushbu tashrif tufayli talabalar kelajakda o’z oldilariga ishlab chiqarish korxonlarini yaratishni va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar.


Fizika kafedrasi
stajyor-o’qituvchisi :
B.Mislidinov