OLIY MATEMATIKA

Gafarov Ilgor Axmedjanovich
har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.
Telefon: 90 260-45-80
E-mail: ilgorgafarov@mail.ru
Ma'lumotnoma: Yuklab olish
Oliy matematika kafedrasi 1980 yilda tashkil etilgan. Dots. Y. Irgashev kafedraning tashkilotchilaridan biri bo‘lib, u tashkil etilgan vaqtdan 1987 yilgacha kafedraga mudirlik qilgan.
Kafedraga mudirlik qilganlar:
dots. Y. Irgashev - 1980-1987 y.y.
f-m.f.d. V.R. Xodjibaev – 1987-2001, 2005-2016 y.y.
f-m.f.d. YU.P. Apakov – 2001-2005 y.y.
f-m.f.n. B.I. Jamalov – 2016-2018 y.y.
dots. I.A. Gafarov – 2018-y. v.h.
Kafedra tarkibi
№ |
F. I. SH |
Tug‘ilgan sanasi |
Lavozimi |
Qaysi yildan ishlaydi |
|
1 |
Gafarov Ilgor Axmedjanovich |
20.07.1960 |
Kafedra mudiri |
1988 |
|
2 |
Xodjibaev Vali Raximdjanovich |
26.08.1956 |
Professor v.b. |
1983 |
|
3 |
Apakov YUsupjon Pulatovich |
02.01.1956 |
Professor v.b. |
1980 |
|
4 |
Egamberdiev Olimjon Mamatvalievich |
10.04.1952 |
Dotsent |
1979 |
Egamberdiyev.olimjon@yandex.ru |
5 |
Jamalov Baxriddinxo‘ja Ismoilovich |
03.09.1977 |
Dotsent v.b. |
2002 |
b-i-jamalov@mail.ru |
6 |
Irgashev Baxrom YUsupxanovich |
01.12.1970 |
Dotsent v.b. |
2007 |
|
7 |
Jo‘raev Abdulla Xatamovich |
02.01.1966 |
Katta o‘qituvchi |
2003 |
abdulla_juraev@mail.ru |
8 |
Bunazarov Xusniddin Kamoldinovich |
29.03.1968 |
Katta o‘qituvchi |
2008 |
bunazaro68@mail.ru |
9 |
Muminov A’zamjon Latifxanovich |
07.08.1983 |
Katta o‘qituvchi |
2017 |
|
10 |
SHeraliev Ikromjon Ibroximovich |
21.04.1986 |
Katta o‘qituvchi |
2015 |
|
11 |
Karimova SHalola Musaevna |
06.01.1974 |
O‘qituvchi |
2001 |
Shalola1974@mail.ru |
12 |
Pulatova Xalimaxon Xoshimovna |
29.11.1970 |
O‘qituvchi |
1995 |
pulatovahalima@Gmail. com |
13 |
Juraev Olim Kamoliddinovich |
14.01.1987 |
O‘qituvchi |
2012 |
|
14 |
To‘xtaboev Akbarxo‘ja Mamajonovich |
19.06.1989 |
O‘qituvchi |
2013 |
|
15 |
Raxmanov Akramjon Axmadjanovich |
22.11.1974 |
O‘qituvchi |
2018 |
|
Oliy matematika kafedrasi umumta’lim kafedrasi hisoblanadi. Kafedra o‘qituvchilari institutda mavjud bo‘lgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalariga Oliy matematika fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib boradilar va talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qiladilar. Institutdagi mutaxassislik kafedralari o‘qituvchilari bilan ular o‘qitadigan fanlarda matematikaga bo‘lgan ehtiyoj doimiy tahlil qilinadi. Ular asosida bakalavriatning har bir yo‘nalishlari uchun ishchi o‘quv dastur tuziladi.
Kafedraning asosiy vazifasi talabalarni mutaxassislik fanlarini o‘rganishda zarur bo‘lgan matematik bilim va malakalar bilan ta’minlashdan iborat. Bunda zarur bo‘lgan matematik bilimlarni mutaxassislik fanlarini o‘rganishda tadbiq qilgunga qadar o‘zlashtirgan bo‘lishlari e’tiborga olinadi. O‘zR OO‘MT vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida” gi nizom asosida har bir semestrda ikki marta oraliq nazorat va yakuniy nazorat o‘tkazish orqali talabalar bilimi baholanadi.
Kafedra o‘qituvchilari, asosan, differensial tenglamalar, ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika sohalarida ilmiy-izlanishlar olib boradilar. O‘zbekiston Milliy universiteti, Novosibirsk davlat universiteti, Kabardin-Bolkar universiteti mexanika-matematika fakulьtetlari, Rossiya fanlar akademiyasi Sibirь bo‘limi Matematika instituti olimlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda ma’ruzalar bilan muntazam qatnashadilar.
Kafedrada talabalarni ma’naviy etuk, komil inson qilib tarbiyalashga katta e’tibor beriladi.
Kafedra kitoblaridan:
Muallif: Apakov YUsupjon Pulatovich Yuklash