• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi

Unda O‘zbekiston prezidenti hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha davlatlarimiz umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa'y-harakatlarni uyg‘unlashtirishi nihoyatda muhimligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, Sh.Mirziyoev qator takliflarni ilgari surdi:

-savdo, investitsiya va xizmatlarning erkin harakatini ta'minlash uchun Tashkilot doirasida “yangi iqtisodiy imkoniyatlar hududini”ni barpo etish;

- Tashkilotga a'zo va kuzatuvchi mamlakatlar hamda dunyo yetakchi biznes vakillarini keng jalb qilgan holda har yili Xalqaro turkiy iqtisodiy forum o‘tkazish;

-transport vazirlari tomonidan yil oxiriga qadar qo‘shma hamkorlikning aniq reja va samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;

-global va ichki bozorlarimiz ehtiyojlari, davlatlarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha Tashkilot doirasida ko‘p tomonlama bitim qabul qilish;

-Turkiy davlatlar tashkiloti va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘rtasida keng qamrovli sheriklik o‘rnatish;

-kelgusi yili O‘zbekistonda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressini o‘tkazish;

-afg‘on masalasi bo‘yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqish maqsadida tashqi ishlar vazirlari muloqotlarini muntazam o‘tkazib borish;

-Tashkilotda institutsional islohotlar o‘tkazish.  Bunda siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiya, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika, axborot texnologiyalari, turizm, innovatsiya va ta'lim, tibbiyot, yoshlar va boshqa sohalar bo‘yicha vazirlar darajasida alohida qo‘mitalar tuzish.

  • Share :