• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Stajyor-o‘qituvchiga vazir sovg‘asi topshirildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Namangan muhandislik-qurilish instituti Bionika laboratoriyasining ochilish marosimida (https://t.me/eduuz/17233) oliy o‘quv yurti tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma bilan tanishgan va professor-o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lgandi.

Ko‘rgazma bilan tanishuv chog‘ida vazir e’tiborini mo‘yqalamda mohirlik bilan chizilgan ona siymosi o‘ziga tortgan va uning muallifi rag‘batlantirishga loyiq ekanligi ta’kidlangandi.

Kuni kecha institutda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davomida vazirlikning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sattorov institutning Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Nazirjon Qosimjonovga vazir sovg‘asi — kompyuter jamlanmasini topshirdi.

“Biz kabi yosh kadrlar uchun bunday rag‘batlar katta motivatsiya beradi va kelgusi ishlarimizda kuch va g‘ayrat qo‘shadi” – deydi yaqinda ish boshlagan Nazirjon Qosimjonov.

  • Share :