• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Stajyor-tadqiqotchilar va doktorantlar bilan navbatdagi muloqot

Avval xabar berganimizdek, institutdagi mavjud doktorantura ixtisosliklariga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchilar va doktorantlarning 2023 yil 6 oyi davomida faoliyati samaradorligi monitoringi o‘tkazilmoqda.

Institut rektori Sharifjon Ergashev va monitoring o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan belgilangan baholash mezonlari bo‘yicha har bir izlanuvchi bilan alohida suhbat o‘tkazilmoqda.

Bugun institut majlislar zalida “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” hamda “Makroiqtisodiyot” ixtisosliklaridagi izlanuvchilar foliyati monitoringi o‘tkazilmoqda.

Ma'lumot uchun, mazkur ixtisosliklarga jami 9 nafar tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchi qabul qilingan.

NamMQI media markazi

  • Share :