• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Stipendiya yo‘li» mavzusida davra suhbati

Namangan muhandislik-qurilish instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan Prezident va nomdor davlat stipendiyalariga talabgor talaba-yoshlar o‘rtasida «Stipendiya yo‘li» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Bo‘lim boshlig‘i Diyorbek Akbaraliev, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohiblari Ahmadjon Muxtorjonov, Oyshaxon Qodirova, Bunyodbek No‘monjonov va Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Diyorbek Soataliev tomonidan yig‘ilgan talabalarga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi. Talaba-yoshlar tengdoshlari va mas'ullardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Uchrashuv 2023-2024 o‘quv yilida mazkur stipendiyalar uchun bo‘lib o‘tadigan tanlov jarayonlariga o‘ziga xos tayyorgarlik bo‘ldi.

  • Share :