• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabalar bank xodimlari bilan muloqotda bo‘ldi

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Ilhomjon Sayfullaev Korporativ boshqaruv ta'lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari bilan «Ipak yo‘li bank» Namangan viloyati boshqarmasida bo‘ldi. Bu yerda bank faoliyati, uning funksiyalari hamda NamMQI bilan tuzilgan o‘zaro xamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida «Ipak yo‘li bank» mutasaddilari talabalarga banklarda yuritiladigan hujjatlar turi va mazmuni bo‘yicha mahorat darslari o‘tib berdi. Ularga bank xodimlari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hamkorlik memorandumiga asosan Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida «Ipak yo‘li bank» o‘quv xonasini tashkil etish, bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.

  • Share :