• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabalar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibining ofisida mehmon bo‘ldi

Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talabalari «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi — Namangan shahridagi «Silk Granat» xususiy korxonasi rahbari Marina Jabborovaning ofisida mehmon bo‘ldi va tadbirkor bilan uchrashdi. 

NamMQI media markazi va fakultet mutasaddilari tashabbusi bilan tashkillangan tadbirni rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev olib bordi. 

«Silk Granat» xususiy korxonasida asosan milliy hunarmandlik, moda va dizayn yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratiladi. Korxona bilan tanishgan talabalar bunga bevosita guvoh bo‘ldi va o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan tadbirkorga murojaat etdi. 

Tadbir yakunida fakultet dekani Abdurahim Qahhorov qiziqarli sayohat va motivatsiya beruvchi suhbat uchun Marina Jabborovaga talabalar nomidan chuqur minnatdorlik izhor etdi va o‘zaro aloqalar kelgusida ham uzviy davom etishiga ishonch bildirdi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :