• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO’LIMI

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston   Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi   515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan.               

Bo‘limning asosiy maqsadi:               

 Institut talabalari bilimlarining davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish va tahlil qilish, Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.               

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:               

- ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta'lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan   ta'minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;                
 - institutda ta'lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan  ta'minlanganlik darajasini o‘rganish;               

 - institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;                
 - ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash;                
 - kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;               

 - institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, ma'lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;                

- institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;               

- institutda talabalar amaliyotining ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;                

- institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;               

 - institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;                
 - o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;               

 - institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta'lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma'lumotlar berib borish;                 

Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari:               

- bo‘lim faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va institut rektori bo‘yruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil etish;               

- bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;               

- ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;               

- institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;               

- institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;               

- institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;               

- institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;               

- Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;               

- bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;               

- institut reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;               

- institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar va treninglar o‘tkazish;               

- o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;               

Bo‘lim bosh mutaxassisining asosiy funksional vazifalari:               

- o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va institut rektori buyruq va ko‘rsatmalari hamda bo‘lim boshlig‘ining topshiriqlari asosida tashkil etish;               

- bo‘limda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash;               

- institutning o‘quv, ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar rejalarining - bajarilishini monitoring qilish;               

institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasini, shuningdek  oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida sifat darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonida ishtirok etish va hisobot tayyorlash;               

- talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash;               

- institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishni tashkil etish va ularning natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;               

- jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;               

- attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;               

- bo‘lim faoliyatiga oid me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;               

- respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o‘rganib borish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;               

- Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan bo‘lim boshlig‘i ruxsati bilan OTMlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish.               

image-68

Jamalov Bahriddinxo’ja Ismoilovich    

Qabul vaqti: har kuni  9.00-11.00    

 Telefon:     +998973478177 

 E-mail:  b-I-jamalov@umail.uz  

image-69

  Parpiyev Otabek Tillayevich        

  Telefon:        +998935234977                      

  E-mail:  otabekpt@mail.ru        

image-70

  Isroiljonov Jahongir Usmonjon o’g’li      

  Telefon:      +998936712233                    

image-71Azizova Feruza Isroiljon qizi      
  • Share :