• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Tanlov

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Bobur g‘azallari” nomli “Eng yaxshi videorolik”  tanlovini e'lon qilamiz!

Videoroliklar quyidagi 3 ta nominasiya bo‘yicha  aniqlanadi
Bobur asarlarining  eng go‘zal she’riy ijrochisi; 
Bobur asarlarining eng yaxshi g‘azal kuychisi;
Bobur asarlarining eng yaxshi monolog ijrochisi;

Tanlovda institutning barcha talaba - yoshlari va 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabalar Bobur g‘azallaridan birini sher, qoshiq yoki monoloq shaklda video ko‘rinishida  @NamMQI_Boburxonlik  manziliga yuborishlari kerak.

Har bir nominatsiya bo‘yicha video materiallarga yopiq ovoz berish orqali  3 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Ovoz berish jarayoni youtube kanaliga joylangan videorolikni komissiya tarkibi tomonidan ko‘rish va ball berish orqali amalga oshiriladi.

Tanlov uchun ijodiy ishlar 1-fevraldan 13-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.

  • Share :