• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Tarix kafedrasi professori Tursunboy Maʼmurov xonadoni yoʻqlandi

NamMQI rektori boshchiligidagi mutasaddilar Tarix kafedrasida uzoq yillar ishlab, nafaqaga chiqqan Tursunboy ota Maʼmurov xonadonini yoʻqladi.

Tursunboy Maʼmurov institutdagi faoliyatini 1994-yildan boshlagan. 100 dan ortiq ilmiy, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va 7 ta yirik monografiya muallifi, tarix fanlari doktori, professor. Institutning turli-tuman tadbirlarida faol ishtirok etgan.

Hozirda 92 yoshni qoralagan otaxon xonadonida farzandlari, kelinlari, nevara-evaralari ardogʻida. Institut mutasaddilari  Tursunboy Maʼmurov suhbatidan bahramand boʻlib, samimiy tilaklari va Ramazon hadyalarini yetkazdi.

Ramazon yoʻqlovlari davom etmoqda.

NamMQI media markazi

  • Share :