TEXNOLOGIK MASHINA VA JIHOZLAR KAFEDRASI
Kafedra haqida
O’zbekistоn Respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Namangan muhandislik-pedagоgika instituti rektоrining buyrug’iga asоsan “Texnоlоgik mashina va jihоzlar” kafedrasi 1999 yil “Mashinasоzlik texnоlоgiyasi” kafedrasida tashkil tоpgan.
Texnоlоgik mashina va jihоzlar kafedrasi xalq xo’jaligining mashinasоzlik kоmpleksi uchun yuqоri malakali kadrlar yetkazib beradigan institutning tayanch kafedrasi hisоblanadi.
Kafedraning ko’p yillik faоliyati davоmida 2000 dan оrtiq mutaxassislar tayyorlandi. Ularning ko’pchiligi Respublikamizdagi mashinasozlik korxonalarida rahbar va yetakchi mutaxasis lovozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.
Bir qator kadrlarimiz Davlat boshqaruv tizimida, qo’shma korxonalarda muvaffaqiyatli ish olib bormoqdalar.
IQTSODIYOT TARMOQLARI BILAN HAMKORLIK
Bugungi kunda kafedramiz bir qator yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan xamkorlikda faoliyat olib bormoqda bular jumlasiga Namangan mash AJ, Mex MASH MCHJ, Namangan agro Mash, Nostandart ishlab chiqarish korxonasi, Namangan nur qurilmalari, O’z NPO "Elektroterm" birlashgan korxonasi, Andijon mexanika zavodi To`raqo`rg`on filiallari bilan doimiy aloqalar o`rnatilgan.
O`QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH.
O`quv jarayonlari jahon talablariga mos keluvchi Davlat ta`lim standartlari asosida tashkil etilgan.Professor-o`qituvchilarning asosiy maqsadi bo`lajak mutaxassislarga chuqur va mustahkam bilimlar berish, Milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatni, Vatanga muxabbatni shakllantirish bilan birga, fan-texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish olingan natijalardan tahlil jarayonidan unumli foydalanish, o`qitish amaliyotiga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat. Bugun talabalar sifatliy ta`lim olishini ta`minlash maqsadida kafedra qoshida eng zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan jihozlanga o`quv-amaliyot ustaxonasi tashkil etilgan bo`lib, shu ustaxonada kafedra fanlariga tegishli bo`lgan laboratoriya mashg`ulotlari olib borilmoqda.
KAFEDRA ILMIY ISHLARI
O`tgan yillar mobaynida professor-o`qituvchilari tomonidan 5 ta monogrfiya, 1 ta darslik, 8 ta o`quv va uslubiy qo`llanmalar, 10 dan ortiq ixtirolarga mualliflik guvo`nomalari olingan, 100 dan ortiq respublikamiz va xorijiy jurnallarida maqollar chop etilgan. 2021 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligi tomonidan innovatsion loyixalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida 2 ta umumiy qiymati 1,1 milyard so`mni tashkil etadigan davlat granti (A-OT-2021-152, T-OT-2021-178) bajarilmoqda.
HOZIRGI KUNDA KAFEDRADA:
5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar.
5A321501-Texnologik mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish mutaxassisliglari bo`yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.
Abdulxayev Xurshed G’afurovich
Qabul vaqti: haftaning chorshanba kuni: 14:00-17:00
+998977660878
E-mail: ax_stajyor@mail.ru
Kafedra tarkibi
Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich
E-mail:m_mansurov_1978@mail.ru
“Texnоlоgik mashina va jihоzlar” kafedrasi t.f.d. dotsenti, Ushbu kafedrada 2020 yildan kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining Dehqonchilikni mexanizatsiyalash bo’yicha muhandis-mexanik bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy – uslubiy ishlar muallifi, 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturlari doirasidagi T-OT-2021-178-sonli “Fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun keng qamrovli chizel kultivator” mavzusidagi tijoratlashtirish loyihasiga rahbar hamda 2021 yilda T-OT-2021-1152-“ Yeryong‘oq hosilini yig‘ishtirish mashinasining ko‘p funksiyali (kovlash, poyasini donidan ajratish, saralash va yuklash) mukammallashtirilgan konstruksiyasini yaratish” mavzusidagi innovasion loyihalariga rahbarlik, bir qator monográfiya muallifi Traktorlarning oldi va orqasiga osiladigan ishchi qismlardan tashkil topgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini agregatlashning ilmiy–texnik yechimlari hamda Tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlash chuqurligi barqarorligini ta’minlashning ilmiy asoslari, Namangan muhandislik-qurilish instituta xuzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.90.01 raqamli ilmiy Kengash a’zosi.
Otahanov Bahrom Sadirdinovich
E-mail: baxromo1001@gmail.com
“Texnоlоgik mashina va jihоzlar” kafedrasi dotsenti, Toshkent politexnika institutini Qishloq xo`jaligi mashinalari bo’yicha tamomlagan 120 dan ortiq ilmiy maqolalar, 80 dan ortiq o'quv metodik ishlanmalar, 2 dan ortiq o'quv qo'llanma muallifi.
Xalimov Shuxrat Abduraximovich
E-mail: shuxrat-xalimov@rambler.ru
“Texnоlоgik mashina va jihоzlar” kafedrasi dotsenti: Ushbu kafedrada 2012 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining Avtomobil va avtomobil xo’jaligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Saloxiddinov Nurmuxammad Satimboyevich
E-mail: nurmuxammad30075691@gmail.com
“Texnоlоgik mashina va jihоzlar” kafedrasi katta o`qituvchisi: Ushbu kafedrada 2020 yildan faoliyat olib bormoqda. Toshkent politexnika institutining Gidromeliorasiya ishlarini mexanizasiyalash mutaxassisligini bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Nishonov Farxodxon Axmadxonovich
E-mail: Komoliddinxon2011@gmail.com
“Texnоlоgik mashina va jihоzlar” kafedrasi katta o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2009 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining 5140900-Kasb ta’limi Texnоlоgik mashina va jihоzlar bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi, 2021 yilda T-OT-2021-1152-“ Yeryong‘oq hosilini yig‘ishtirish mashinasining ko‘p funksiyali (kovlash, poyasini donidan ajratish, saralash va yuklash) mukammallashtirilgan konstruksiyasini yaratish” mavzusidagi innovasion loyiha a’zosi.
Qidirov Adxam Rustamovich
E-mail: aqidirov@umail.uz
“Texnоlоgik mashina va jihоzlar” kafedrasi o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2015 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-texnologiya institutining texnologik mashinalar va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatish mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi, 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturlari doirasidagi T-OT-2021-178-sonli “Fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun keng qamrovli chizel kultivator” mavzusidagi tijoratlashtirish loyihasi hamda 2021 yilda T-OT-2021-1152-“ Yeryong‘oq hosilini yig‘ishtirish mashinasining ko‘p funksiyali (kovlash, poyasini donidan ajratish, saralash va yuklash) mukammallashtirilgan konstruksiyasini yaratish” mavzusidagi innovasion loyihalariga a’zosi.
Hasanov Majidxon Maxmudxon o’g’li
E-mail: majidxonhasanov19930@gmail.com
“Texnоlоgik mashina va jihоzlar” kafedrasi o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2022 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-texnologiya institutining To’qimachilik va yengil sanoat mashinalari hamda apparatlari mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.