• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

Kafedra haqida    

    Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, ma`rifiy, madaniy va boshqa sohalardagi katta o’zgarishlar hamda yangilanishlarning zamirida hayotimizning asl mazmuni–farzandlarimizning barkamol turmush tarzini yaratishdek maqsad mujassam.      

    Nafaqat ta`lim va tarbiya jarayonida balki ilmiy-ishlab chiqarish hamda sanoat, qurilish, energetika, transport va boshqa ko’plab sohalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarining samarali qo’llanilishi va ulardan ishlab chiqarish amaliyotida maqsadli va optimal foydalanish masalalari “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”  kafedrasi jamoasining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.     

   “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” kafedrasi 1984 yilda “Hisoblash texnikasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Shundan buyon jamiyatimizning turli soha va yoʼnalishlariga zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini yaxshi oʼzlashtirgan, yuqori malakali, raqobatbardosh, yetuk kadrlar tayyorlashda oʼzining munosib hissasini qoʼshib kelmoqda.     

   Kafedrada jami 11 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan, 2 nafari PhD ilmiy darajasi va dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lgan professor-o’qituvchilar, 1 nafar  PhD, 4 nafar katta oʼqituvchi, 2 nafar oʼqituvchi hamda 2 nafar stajyor-oʼqituvchilardir.    

Kafedra faoliyati         

Bugungi kunda “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar bo’yicha ma’ruza, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlari olib borilmoqda:     

I. Bakalavriatura bosqichida:     

1.Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari;     

2.Qurilishda axborot texnologiyalari;     

3.Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari;     

4.Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish;     

5.Menejment tizimlarida axborot texnologiyalari;     

6.Kompyuterda loyihalash;     

7.Аxborot texnologiyalari;     

8.Sanoatda axborot texnologilarini qoʼllash.     

II. Magistratura bosqichida:     

1.Ilgʼor statistika va maʼlumotlar tahlili;     

2.MATLAB va PYTHON dasturlari yordamida strukturaviy va obʼyektga yoʼnaltirilgan dasturlash.    

 O’quv-uslubiy ishlar     

   Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan dars mashg’ulotlari uchun darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmualar, uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar, shuningdek, o’rgatuvchi dasturlar, video darslar tayyorlanib, ma’ruza, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlariga keng tadbiq etib kelinmoqda. Mavjud elektron o’quv-uslubiy materiallar kafedraning YOUTUBE kanaliga joylangan bo’lib, talabalar bevosita ushbu https://www.youtube.com/channel/UCpzJahOe5BCipBTmHqbmYcQ/ hafola orqali foydalanishlari mumkin.    

 

Ilmiy ishlar va Ilmiy-innovatsion faoliyat    

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Web of Science va Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq, халқаро nufuzli ilmiy jurnallarda 25 dan ortiq hamda Respublika ilmiy jurnallarida esa 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilingan.      

Shu bilan bir qatorda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq monografiyalar nashr ettirilgan. “Texnik tizimlarda AT” kafedrasining quyidagi OTM va ilmiy tadqiqot institutlari bilan  ilmiy-innovatsion yo’nalishdagi hamkorlik aloqalari mavjud:    

 

  1. O’zRFA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti;  
  2. Toshkent axborot texnologiyalar unversiteti;  
  3. Toshkent davlat transport unversiteti;  
  4.  Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti;   

Iqtidorli talabalar ishlash    

Iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirish, “Ustoz-shogird” tizimi asosida iqtidorli yoshlar bilan bilan muntazam shug’ullanish kabi vazifalar kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy-pedagogik faoliyatidagi asosiy yo’nalishlaridan biridir.    

Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, jumladan, fan olimpiadalari, turli tanlovlar, mahalliy va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, ilniy-innovatsion yarmarka va StartUP loyihalarida ishirokini ta’minlash bo’yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.    

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari    

Ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar «Tеxnik tizimlarda AT» kafеdrasi jamoasining har lahzadagi dolzarb faoliyat yo’nalishlaridandir. Belgilangan ma`naviy-ma`rifiy ishlar va madaniy tadbirlar rеjalari asosida kafedra jamoasi tizimli ishlar olib bormoqdalar.    

 Rejada belgilangan tadbirlar, ularning mazmun-mohiyati – talabalarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash, ularga hurmat bilan qarash, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni va institut mulkini saqlash, kiyinish madaniyati kabi maqsadlarga yo’naltirilgan.     

Ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohadagi seminar va uchrashuvlar shuningdek, kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq belgilangan tadbirlar o’z vaqtida yuqori saviyada muntazam o’tkazib kelinmoqda.    

Hamkorlik aloqalari:         

Shuningdek, kafedraning hududdagi akademik litsey va o’rta maktablar bilan o’zaro hamkorlik faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, kafedra professor-o’qituvchilari muayyan “YO’L XARITASI”va REJA GRAFIGIasosida tegishli akademik litsey va o’rta maktablarga tashrif buyurib, litsey va maktab jamoalari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy hamda o’quv-uslubiy sohalarda turli tadbirlar va mashg’ulotlar olib borishmoqda.     

 Isomiddinov Anvarjon Inomjonovich    

Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

 Telefon: +998 97 710-16-24  

 E-mail: isomiddinov_a@mail.ru

Ma'lumotnoma: Yuklab olish

Kafedra tarkibi:    

 


Isomiddinov Anvarjon Inomjonovich

   E-mail: isomiddinov_a@mail.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi mudiri. Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD, dotsent. Ixtisosligi: 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”. 85 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 ta monografiya, 8 ta dasturiy guvohnoma, 10 ta horijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar, 30 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, 5 ta xalqaro simpoziumlardagi maqolalar, shuningdek, 40 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislar muallifi. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi a’zosi. “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.



 


 Abdullayeva Ozoda Safibullayevna

   E-mail: aspirantka.030@gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi professori: 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi”. Institutda 2010 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandisilk – pedagogika institutini tamomlagan. Uning hozirgi kungacha jami 100 tadan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. So’ngi 3 yil mobaynida esa 51 ta ilmiy ishlaridan 25 tasi horijiy nashrlarda chop etilgan. Jumladan 6 ta dasturiy vositalar uchun O’zR IMA guvohnomalari, 7 ta monografiya, 4 ta darslik, 24 ta o’quv-uslubiy ishlar chop etilgan. 2018 yilda “Eng yaxshi pedagog” tanlovining Respublika bosqichi g’olibi. Yosh olimlar uyushmasi (Qozog’iston,Nur-Sulton) tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi yosh olim-2020” Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari ”Eng yaxshi yosh olim-2020” ko’krak nishoni sohibi. 2020-yilda Rossiya federatsiyasi “Tabiiy va aniq fanlar akademiyasining” Alfred Nobel nomidagi medali bilan taqdirlangan. Janubiy koreyada o’tkazilgan ixtirochi ayollarning “O’zbekistonlik olima ayollar KIWIE-2020” Xalqaro ko’rgazmada oltin medalga sazovor bo’lgan.

 


Niyazova Naima Abdullajonovna

 E-mail: naima.niyazova 82@ gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi katta o’qituvchisi. Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD, dotsent. Ixtisosligi: 13.00.05–Касб-ҳунар таълими назарияси ва методикаси. Institutda 2007 yildan faoliyat olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 1 ta monografiya, 1 ta o’quv qo’llanma, 3 ta dasturiy guvohnoma, 4 ta horijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar, 8 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, 9 ta xalqaro konfirensiyalarda maqolalar, 15 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislar muallifi.

 

 


Abdullayeva Nozima Xoshimovna

 E-mail: abdullaevanozima@rambler.ru

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 1997 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 15 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.

 

 

 

 

 


Olimov Abdurashid Farhodovich

 E-mail: olimova7512@gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi katta o’qituvchisi. Namangan muhandisilk-pedagogika institutini tamomlagan. Institutda 2006 yildan faoliyat olib bormoqda. 35 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 12 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Hozirda “Oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazida elektron o’quv adabiyotlarini shakllantirish mexanizmini takomilashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.




 


Dadamirzayev Muzaffar G’ulomqodirovich

 E-mail: muzaffardadamir81@gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi katta o’qituvchisi. Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Institutda 2004 yildan ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug’ullanib kelmoqda. 40 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 1 ta monografiya, 2 ta dasturiy guvohnoma, 5 ta horijiy ilmiy jurnallarda maqolalar, 4 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallarda maqolalar, 10 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Hozirda NamMTI professori, f.m.f.d N.Yu.Sharibayev rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.




 


Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich

 E-mail: mnosirjon07@gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 1997 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 1995 yil Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. 55 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 25 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.

 




 


 

Xasanov Adxamjon Akramovich

 E-mail: adhamjon_05@mail.ru

“Texniktizimlarda AT” kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 2019 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandisilk-pedagogika institutini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta dasturiy guvohnoma, 4 ta horijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar, 6 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislar muallifi. Hozirda TATU huzuridagi AKT ilmiy-innovatsion markazi “Regulyatorika” laboratoriyasi professori, t.f.d. M.B. Hidirova rahbarligida “Qalqonsimon bez follikula raki regulyatorikasini matematik modellashtirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.



 


Xolmirzayev Ilxom A’loxonovich

 E-mail: i.kholmirzayev@bk.ru

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2012 yildan faoliyat olib bormoqda. Toshkent axborot texnologiyalari umiversiteti Farg’ona filialini tamomlagan. 25 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.



 

 

 


Normatov Aziz Muhammatrizoevich

 E-mail: azizbeknomatov0109@gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2011 yil dan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhadislik-pedagogika institutini tamomlagan. 25 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.



 

 

 

 


Nazarova Shahnoza Shokirovna 

 E-mail: shahnoza.shokirovna@gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi stajyor-o’qituvchisi. Institutda 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutini tamomlagan. 2 ta dasturiy guvohnoma, 6 ta ilmiy maqola va tezislar muallifi, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlari uchun 4 ta o’quv-uslubiy ko’rsatmalar chop ettirgan.



 

 

 


Boqijonov Dadajon Dehqonali o’g’li

 E-mail: dadajonboqijonov@gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi stajyor-o’qituvchisi. Institutda 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutini tamomlagan. 2 ta dasturiy guvohnoma, 4 ta ilmiy maqola va tezislar muallifi, amaliy dars mashg’uloti uchun 2 ta o’quv-uslubiy ko’rsatma chop ettirgan.




 


 

  • Share :