• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10 dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar hamda o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt to‘lovlarini to‘lashning so‘nggi muddati joriy yilning 10 dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi. Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abiturientlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chiriyotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10 dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

  • Share :