• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Transport fakulteti talabalari Prezident tashrif buyurgan korxona bilan tanishdi

Transport fakulteti talabalari institut va «Balance Tex» korxonasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida Namangan shahridagi «Barkamol avlod» kichik sanoat zonasida joylashgan ushbu mehnat jamoasida bo‘ldi.

«Balance Tex» 150 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladigan, yillik mahsulot aylanmasi 1,5 mln dollar bo‘lgan, mahsulotlari MDH davlatlariga eksportga yuborilayotgan yirik tekstil korxonasi hisoblanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi chog‘ida ushbu korxonada bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlarga yuksak baho bergandi.

Talabalarni korxona rahbari, «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi Avazbek Nishanov kutib oldi. Korxona, jamoa va bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan batafsil tanishtirdi. Qiziqish bildirgan yigit-qizlarni bu yerda amaliyot o‘tash va bevosita mehnat faoliyatini boshlashga taklif etdi.

NamMQI media markazi

  • Share :