• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Transport fakulteti va «Silk Granat» hamda «Balance Tex» korxonalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Transport fakultetida «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohiblari — Namangan shahridagi «Silk Granat» xususiy korxonasi rahbari Marina Jabborova va «Balance Tex» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Avazbek Nishanov bilan muloqotdan so‘ng mazkur fakultet va ushbu korxonalar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Ushbu hujjatlar talabalarning korxonada amaliyot o‘tashi, tadbirkorlarning fakultetdagi saboqlari, yoshlarni ish bilan ta'minlash va boshqa ko‘plab jihatlarni qamrab olgan.

Tadbir yakunida fakultet dekani Bahriddin Mahmudov mehmonlarga qiziqarli, motivatsiya beruvchi muloqot uchun jamoa va talabalar nomidan minatdorlik bildirdi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :