• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Transport fakultetida «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohiblari bilan muloqot o‘tkazildi

Institutning Transport fakultetida «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohiblari — Namangan shahridagi «Silk Granat» xususiy korxonasi rahbari Marina Jabborova va «Balance Tex» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Avazbek Nishanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

NamMQI media markazi, O‘zLiDep viloyat kengashi va fakultet mutasaddilari tashabbusi bilan tashkillangan tadbirni rektor maslahatchisi Azizbek Abduvaliev olib bordi. 

«Silk Granat» xususiy korxonasida asosan milliy hunarmandlik, moda va dizayn yo‘nalishlariga e'tibor qaratilsa, «Balance Tex» 150 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladigan, yillik mahsulot aylanmasi 1,5 mln dollar bo‘lgan, mahsulotlari MDH davlatlariga eksportga yuborilayotgan yirik tekstil korxonasi hisoblanadi.

  Tadbirkorlarning bosib o‘tilgan yo‘l va bugungi kunda olib borilayotgan faoliyat haqidagi hikoyasidan so‘ng talabalar bilan qizg‘in muloqot bo‘lib o‘tdi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :