• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI

Kafedra haqida

Kafedra 1988 yilda Mexanika fakulteti negizida “Shahar avtomobil transportini ekspluatatsiyasi va ta`miri” nomi bilan tashkil etilgan bo`lib, 1989 yildan boshlab “Avtomobil transportini ekspluatatsiyasi va ta`miri”, 1993 yildan 1999 yilgacha kafedra “Avtomobil xo`jaligi”, 1999 yildan 2007 yilgacha kafedra “Transport vositalaridan foydalanish”, 2007-2008 o`quv yilidan boshlab “Transport vositalaridan foydalanish” hamda "Avtomobillar, traktorlar va o`qitish metodikasi" kafedralari birlashuvi natijasida "Transport vositalarini ishlatish va ta`mirlash", 2008 yil Kasb tahlimi (Transport vositalarini ishlatish va ta`mirlash) va Transport vositalarini ishlatish va ta`mirlash, 2012-2013 o`quv yilidan Kasb tahlimi (Transport vositalarini ishlatish va ta`mirlash) va Transport vositalarini ishlatish va ta`mirlash kafedralari birlashib Kasb ta'limi (Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) nomi bilan yuritib kelingan. 2021 yil 6 sentyabrdan boshlab Transport vositalari muhandisligi kafedrasi deb yuritila boshlandi. 

    Kafedraga turli yillarda t.f.n., dotsent S.M.Bozorov (1988-1992); t.f.n., dotsent M.Mamadaliyev (1992-1997); t.f.n., dotsent A.S.Polvonov (1997-2001, 2008-2011, 2012-2015); dotsent J.Z.Xolmirzayev (2001-2005, 2007-2012? 2015-2016); dotsent K.J.Matkarimov 2003-2006 yillar; dotsent .A.Nasriddinov (2005-2008); t.f.n. Sh.A.Halimovlar 2011-2012 yillarda rahbarli qildilar; 2017 2020 yillarda t.f.d. R.Soliyev; 2020 yil sentiyabr oyidan PHD M.Boydadayev rahbarlik qilib kelmoqda.

   O`quv jarayonlari jahon talablariga mos keluvchi Davlat ta`lim standartlari asosida tashkil etilgan.Professor-o`qituvchilarning asosiy maqsadi bo`lajak mutaxassislarga chuqur va mustahkam bilimlar berish, Milliy istiqlol g`oyalariga sadoqatni, Vatanga muxabbatni shakllantirish bilan birga, fan-texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish olingan natijalardan tahlim jarayonida unumli foydalanish, o`qitish amaliyotiga yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat.Buning natijasida O`zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasida 2011-20120 yillarda Karimov Bahodir, Mirzaboyev Bunyod, Nasriddinov Azizbek, Xatamov Nodirbek, Yusupov Abdulaziz va Muhammadjv Ilhomjon, Yoqubjonov Shohrux, Sharifjononov Sardor, Usmonov Bahrom, Normirzayev Almazbeklar faxrli ikkinchi o`rinni olib O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus tahlim vazirligining II darajali diplomi bilan mukofotlandilar.

  Kafedra zamonaviy laboratoriya jihozlari va o`qitishning texnik vositalari bilan jihozlangan. Kafedra o`z faoliyatini respublikamiz va mintaqamiz xududida joylashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, avtomaktablar Kafedra zamonaviy laboratoriya jihozlari va o`qitishning texnik vositalari bilan jihozlangan. Kafedra o`z faoliyatini respublikamiz va mintaqamiz xududida joylashgan ilmiy-tadqiqot institutlari, hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari asosida ish olib bormoqda.

                                                                   Kafedraning o’quv ishlari

                                  Yer usti transport tizimlari kafedrasida o`quv jarayoni quyidagi tartibda tashkil etilgan

  1. Transport vositalarida qo’llaniladigan nometall materiallar kafedra mudiri M.Boydadyev
  2. Avtotransport vositalarini diagnostikasi. dotsent A.Polvonov
  3. Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyihalash. dotsent A.Polvonov
  4. Avtoservis korxonalarini loyihalash. dotsent A.Polvonov
  5. Avtomobillar texnik ekspluattsiyasi va servisi katta o`qituvchi J.Mannonov
  6. Ixtisoslashtirilgan   harakatdagi tarkib katta o`qituvchi J.Mannonov
  7. Avtomobillarda tashish va xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari dotsent A Eshonbabayev
  8. Yo’l harakati qoidalari va havfsiz xarakatlanish asoslari dotsent A Eshonbabayev
  9. Ekspluatatsion materiallar kafedra mudiri M.Boydadyev
  10. Sohaga kirish kafedra mudiri M.Boydadyev
  11. Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari kafedra mudiri M.Boydadyev
  12. Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar kafedra mudiri M.Boydadyev
  13. Transport vositalari konstruktsiyasi katta o`qituvchi A.Madrahimov
  14. Transport vositalari detallarini ta’mirlash katta o`qituvchi A.Madrahimov
  15. Avtotransport vositalari detallarini qayta tiklash metodlari katta o`qituvchi A.Madrahimov
  16. Avtomobillar ergonomikasi katta o`qituvchi I.Akbarov
  17. Texnologik jixozlar va ularning ekspluatatsiyasi katta o`qituvchi R.Murodov
  18. Texnik tizimni boshkarish dotsent J.Xolmirzayev

                                                              Hozirgi kunda kafedrada:

5310600 - Yеrusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi bakalavriat ta'lim yo`nalishi bo`yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.

5A310601 - Yerusti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo`yicha) mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

                                                                  Kafedra ilmiy ishlari       

     O`tgan yillar mobaynida professor-o`qituvchilari tomonidan 2 ta monogrfiya, darslik va o`quv qo`llanmalar, 15 dan ortiq ixtirolarga mualliflik guvo`nomalari olingan, bir necha yuz respublikamiz va chet el jurnallarida maqollar chop etilgan. 2000 yildan boshlab Fan va rivojlantirish markazi tomonidan ro`yxatdan o`tkazilgan 4 ta Davlat granti (A-13-204, A-13-123, ITD-3-35 va K-15-37G’1) bajarilgan, bulardan bittasi 2012-2014 yillarga mo`ljallangan “ITD-3-35. Paxta-don almashlab ekishda oraliq ekinlarni ekishda tuproqqa asosiy va ekish oldi ishlov berish uchun yuqori quvvatli traktorlar bazasida tuproqqa ishlov beruvchi yuqori unumli va energiya tejamkor agregatlar jamlanmasini ishlab chiqish” mavzusidagi 21 mln. so`mlik loyiha yakunlandi.

Kafedra professor-o`qituvchilarini olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo`yicha 2020-2021 yillarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo`yicha “Innovatsion” ko`rgazmalarda 3ta ishlanma bilan ishtirok etildi.

1. Studying The Movement Of Seeds Of Onion When Discharging From The Sowing Unit According To The Theoretical Method. Хиндистон jurnalida.

2. Research and Development of Optimal Technological Modes for Obtaining Bitumino-Polymer Compositions AQSH

3. Иссловадание особенностей и физико-химические свойств немодифисированных нефтянных бутимных материалов. Rossiya

4. Разборотка оптимальных технологические режимов получения битумно-резиновых композиций Rossiya

5. The dependence of physico-mechanical properties of wood-plastic composite plate materials from the content of polymer binder Rossiya

6. Advanced machine for sorting potatoes tubers - Гeрмания. 
 7.  Development of Structures and Structural Analysis of Gear-Lever Belt Transmission. Hindiston

8. Dynamic Analysis of the Transfer Mechanism of the Soil Processing Unit - Hindiston. 
 9. Улучшeниe бeзопасности движeния на спусках и подъёмах горных дорог - Гeрмания. 
 10. Обеспечение безопасности движения на горных дорогах - Rossiya. 
 11. Collaborative Learning Based on an Innovative Approach Hindiston 
 12. Anticorrosive Composite Polymer Coatings for Corrosion Protection of Equipment of Gold Recovery Factories Hindiston

13. Основные характеристики технологической линии получения древесно-пластиковых композиционных плитных материалов на основе наполнителей из стеблей хлопчатника и полимерных связующих OAK jurnallarida

14. Основные характеристики технологической линии получения древесно-пластиковых композиционных плитных материалов на основе наполнителей из стеблей хлопчатника и полимерных связующих. OAK jurnallarida

15. Регрессион таҳлил методи билан электромобилни эксплуатацион хоссалари кўрсаткичларини тадқиқот қилиш. OAK jurnallarida

16. Бўлажак касб таълими ўқитувчиларини тайёрлашда иннивацион ривожланиш тизими OAK jurnallarida

17. Определения строительно-технических и неорганических композиционных материалов-Amerika

18. Гипсосодержащие материалы на основе местного и вторичного сырья в узбекистане Rossiya

19. Composite Gypsum-Containing Materials Based On Local and Secondary Raw Materials in the Conditions of Uzbekistan Hindiston  

20. Gypsual materials based on local and secondary raw materials for construction purposes Germaniya

21. Сновные методы измерения геометрических параметров горной дороги – Rossiya

22. Контроль качества уплотнения дорожно-строительных материалов при сооружении автомобильных дорог- Rossiya

23. Сухие композиционные смеси на основе ангидритового вяжущего. OAK jurnallarida

24. Методика получения порошковых неорганических композиционных материалов из местного сырья и отходов производств- OAK jurnallarida

25. The use of gypsum-containing materials based on local and secondary raw materials- OAK jurnallarida

26. Автомотранспорт воситаларида қурилиш юкларини хавфсиз ташишнинг самарали ацамияти- OAK jurnallarida

27. Қишлоқ ҳўжалик юкларини ташишни ташкил этиш ва уларнинг хавфсизлигини таъминлаш OAK jurnallarida

 Asosiy nashrlar

Kafedraning darsliklar va o`quv qo`llanmalar yaratishdagi hissasi:  Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi bilan tuzilgan shartnomalar asosida yetakchi o`qituvchilar tomonidan quyidagi fanlar bo`yicha o`quv qo`llanmalar va darsliklar yaratildi:

1. B.Maxmudov, dots. K.Matkarimov "Tashkilot va tashkiliy boshqarish nazariyasi" (OO`Yu uchun darslik). 
 2. A.Polvonov va boshqalar "Transport vositalarida ishlatiladigan materiallar" (OO`Yular uchun o`quv qo`llanma). 
 3. K.Matkarimov va dots. B.Maxmudov "Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar" (KHKlar uchun o`quv qo`llanma). 
 4. B.Maxmudov "Основы национальной экономики" (OO`Yulari uchun darslik). 
 5. A.Habibullayev va D.Shodmonov "Standartlashtirish asoslari" (OO`Yular uchun o`quv qo`llanma). 
 6. A.Madraximov "Pedagogik mahorat" (OO`Yular uchun o`quv qo`llanma).

7. R.X.Soliyev, J.Z.Xolmirzayev va A.Sh.Nasriddinov Yo’l xarakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari " (OO`Yular uchun o`quv qo`llanma).

8. R.X.Soliyev, J.Z.Xolmirzayev va Z. Munavvarxonov Avtotransport vositalarining elektr jihozlari va elektron tizimlari. (OO`Yular uchun o`quv qo`llanma).

 

 Boydadayev Murotbek Boydada o‘g‘li

Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

 Telefon:  (94) 508 78 99

 E-mail: murotboy@mail.ru

Ma'lumotnoma: Yuklab olish


Kafedra tarkibi:

Munavvarxonov Zokirxon Toxirxon o‘g‘li

   E-mail: Zokirxon-1@mail.ru

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Ushbu kafedrada 2019 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining yerusti transport vositalari va tizimlari mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.

 


Muradov Raximjon Xakimjonovich

   E-mail: mxrahimjon@gmail.com

2000 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi. 2002 yilda shu institutning magistranti. 2002-2004 yillarda Namangan uy-qurilish xissadorlik jamiyati tashqi boshqaruvchi yordamchisi, 2004-2006 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti Ekologiya va mexnat muhofazasi kafedrasi assistenti. 2006-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti aspiranti. 2008 2018 yillar davomida Namangan muhandislik-pedagogika instituti Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasi assistenti, shu institutning Hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi assistenti, 2018 yilda xozirgi vaqtgacha Kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda. 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shuningdek, 2 ta darslik va 2 ta ixtiro muallifidir.

 


Abdusattorov Nodirjon Abdujalil o’g’li

   E-mail: nabdusattorov93@mail.ru

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi o’qtuvchisi. Ushbu kafedrada 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. 2019- yilda Namangan muhandislik- qurilish institutining yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiya mutaxasisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiymaqollar, ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.

 


Imomnazarov Sarvar Qoviljonovich

   E-mail: sarvar199108@gmail.com

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi, Ushbu kafedrada 2020 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining xizmatlar sohasi(Avtotransport) mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiymaqollar, ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.

 

 


Abdugʻaniyev Shohruh Oxunjon oʻgʻli

   E-mail: shohruhabduganiyev1_gmail.com

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi stajyor-o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining “Yerusti transport vositalari va tizimlari” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan . Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.

 


Polvonov Abdujalil Sattorovich

   E-mail: aspolvonov@mail.ru

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi dotsenti. Ushbu kafedrada 1992 yildan faoliyat olib bormoqda. Texnika fanlari nomzodi, Dotsent. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirsh mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. Hozirgi kunda 200 tadan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi, shu jumladan: ikkita oq`uv qo`llanma muallifi, 30 ga yaqin nufuzli xorijiy nashrlarda (scops, web of scains va boshqalar) va xalqaro konferensiyalar natijasi bo`yicha maqolalar chop ettirgan.

 


Xolmirzayev Javlonbek Zakirjanovich

   E-mail: javlonbek1972@gmail.com

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi dotsenti, Ushbu kafedrada 2001 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan sanoat-texnologiay institutining avtomobil transportni ekspluatatsiya qilish mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.

 


Nishonov Farxodjon Elmurod o’g’li

   E-mail: fnishonov96@gmail.com

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi stajor o’qituvchisi, Ushbu kafedrada 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Toshkent transport unversiteti transport vositalarini sinash mutahassisligi bo’yicha tamomlagan.

 

 


Razokov Alisher Yakubjonovich

   E-mail: aliz1985-umail.uz

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2012 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining Kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash) mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. 2014 yildan 2021 yilgacha kadrlar bo`limida 1-toifali muhandis lavozimida ishlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.

 


Soliyev Rustamjon Xakimjanovich

   E-mail: 1985-umail.uz

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi professori. Ushbu kafedrada 2017 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining Kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash) mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. 2017 yildan 2020 yilgacha kafedra mudiri, 2020 yildan hozirgacha Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borayotgan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.

 


Madraximov Alloberdi Maxmadaliyevich

   E-mail: alloberdimadraximov@gmail.com

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi kata o‘qituvchisi PhD. Ushbu kafedrada 2013 yildan faoliyat olib bormoqda. 2007 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutining Kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash) mutahassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2022 yildan Mashinasozlik fakultetida qo’shimcha 0.5 stavka dekan o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko‘rsatmalar muallifi.

 


Nasriddinov Azizbek Shamsiddinovich

   E-mail: azizbeknasriddinov302@gmail.com

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). Ushbu kafedrada 2015 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining Yerusti transport vositalari va tizimlari mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator o’quv qo’llanmalar, ilmiy – uslubiy ishlar, “Yosh olimlar” stipendiyasi muallifi.

 


Mannonov Jahongir Adashboyevich

   E-mail: jmannonov@mail.ru

“Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi dotsenti. Ushbu kafedrada 2008 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-pedagogika institutining Kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash) mutahassisligi bo’yicha tamomlagan. Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01-raqamli Ilmiy kengashda 2020 yil 29 sentyabda pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertasiyasini muvofaqqiyatli ximoya qilgan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.

  • Share :