• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Tuprоqqa ishlоv beruvchi rоtatsiоn mexanizmlar kоnstruktsiyasini takоmillashtirish va parametrlarini asоslash” mavzusida dissertatsiya ishi

Namangan muhandislik-qurilish instituti Umumtexnik fanlar kafedrasi tayanch doktoranti Ismatullayev Kaxramon Kodirjonovich kafedra professori J.Muxamedov ilmiy rahbarligida “Tuprоqqa ishlоv beruvchi rоtatsiоn mexanizmlar kоnstruktsiyasini takоmillashtirish va parametrlarini asоslash” mavzusida dissertatsiya ishi natijalari bo‘yicha tuproq yuzasiga ishlov beruvchi rotatsion borona tajriba nusxasi tayyorlanib, dala sharoitida sinov uchun olib chiqildi. Sinovdan o‘tkazishda kaferda mudiri D.Abduvahobov, kafedra professorlari J.Muxamedov va V.Turdaliyevlar, PhD E.Abdunazarov va Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti texnikalari sinash laboratoriyasi rahbari Ne’matjon Komilov hamda institutimiz tayanch doktorantlari A.Rahimjonov, O‘.Nabijonov, I.Mamadaliyevlar ishtirok etishdi. Sinov Namangan tumanidagi “Valijon Azizov” nomli fermer xo‘jaligida olib borildi. Ushbu sinov agregati energiya-resurs tejamkorligi va agrotexnik ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratildi. Sinov natijalari muvoffaqiyatli yakunlanib, fermer xo‘jaliklariga ekish oldidan tuproq yuzasiga ishlov berishda qo‘llash uchun ishlab chiqarishga tavsiya etildi.

  • Share :