UMUMTEXNIKA FANLAR KAFEDRASI
Umumtexnik fanlar kafedrasi 1985 yili Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti (sobiq Toshkent politexnika instituti)ning Namangan filiali qoshidagi «Texnik fanlar» kafedrasidan «Mashina va mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari» kafedrasi sifatida ajralib chiqqan. 1995 yil sentyabrdan boshlab institut olimlar Kengashi qarori bilan «Umumtexnika fanlari» kafedrasi nomi bilan atalgan. 2013 yilda Kasb ta’limi (qishloq ho‘jaligi mexanizatsiyalash) kafedrasi tarkibiga o‘tkazilgan, 2019 yil 14 yanvardagi institut rektori buyrug’i bilan qayta «Umumtexnik fanlar» kafedrasi sifatida tashkil etildi. 1985-1990 yillarda A.Qambarov, 1990-1995 yillarda N.Sotvoldiyev 1996-2006 yillarda J.Muxamedov, 2006 yilda Z.S.Maxmudov, 2006-2012 yillarda A.X.Umurzaqov, 2012-2013 yillarda M.T.Mansurov, 2019 yilda V.M.Turdaliyev kafedra mudiri bo‘lib faoliyat olib borishgan bo‘lsa 2019 yil 10 dekabrdan D.A.Abduvaxobov kafedra mudiri sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida kafedra a’zosi sifatida uning rivojiga ko‘plab professor - o‘qituvchilar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Jumladan, professorlar: N.Bayboboyev, Q.Imomqulov, dotsentlar: SH.Xalilov, B.Isoxodjayev, K.Abdullayev, J.Xolmirzayev, Z.Abduqaxarov, U.Meliboyev, N.Komilov, Ye.Tadayeva, A.Bobomatov, o‘qituvchilar: R.Qambarov, M.Isomiddinov, SH.Imomqulov, Yo.Adashev, Q.Bannayev, O‘.O‘rishev, A.Xamzayev, A.Jamolov, SH.Akbarov, N.To‘rayevlar.
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
«Umumtexnik fanlar» kafedrasi institutning barcha fakul’tetlariga bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 6 ta fandan va magistratura mutaxassisliklarida 8 ta fanlardan o‘quv mashg’ulotlari olib boriladi.
1. Bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida: Mashina va mexanizmlar nazariyasi; Mashina detallari; Mexanika; Texnik mexanika; Chizma geometriya va muhandislik grafikasi; Muhandislik grafikasi va kompyuterli loyihalash; Muhandislik va kompyuter grafikasi
2. Magistratura mutaxassisliklarida: Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash; Mashina va mexanizmlarni kinematik tahlil qilish; Mashinalarni hisoblash va konstruksiyalash asoslari; Tarmoq mashinalarini texnik diagnostikasi va tadqiqot asoslari; Mashina va mexanizmlarda titrash va undan himoyalash; EHMda mashinalarni muqobilli loyihalash; Ilmiy tadqiqot metodologiyasi; Robot va manipulyatorlar, ko‘tarish-tashish uskunalari; O‘zgaruvchan uzatish nisbatli mexanizmlar; Mashina agregatlari nazariyasi. Kafedra professori J.Muxamedov tomonidan 1985 yildan buyon ilmiy maktab yaratilgan bo’lib, o‘tgan davr mobaynida kafedrada 5 nafar fan doktorlari va 15 nafar fan nomzodlari va PhD doktorlar tayyorlandi. Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodlari va PhD doktorlar, 5 nafar o‘qituvchi va 2 nafar texnik xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Kafedrada shu yillar ichida 60 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va 15 dan ortiq Mustaqil O‘zbekiston patenti olindi. 5 ta monografiya va 220 dan ortiq ilmiy maqolalar markaziy ilmiy jurnallarda chop etildi. 30 dan ortiq yangi mexanizm yaratilib mualliflik guvohnomasi va patentlar bilan tasdiqlandi.
Аbduvaxobov Dilshod Аbduvaxidovich
Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.
Telefon: 97 707 18 25
E-mail:
Ma'lumotnoma: Yuklab oli
Kafedra takibi:
Abduvaxobov Dilshod Abduvaxidovich
E-mail: d.a.abduvahobov@gmail.com
1984 yil Pop tumanida tug’ilgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, dotsent. 2007-yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti (kunduzgi) “Kasb ta’limi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2007 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 120 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Muxamedov Jobirxon
E-mail: j_m_muxamedov@umail.uz
1946 yil Namangan shaxrida tug’ilgan. Texnika fanlari nomzodi, dotsent. 1969-yilda Toshkent politexnika instituti (kunduzgi) “Kimyo ishlab chiqarish mashinalari va apparatlari” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 1982 yildan faoliyat olib bormoqda. 250 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Abdurahmonov Sherzod
E-mail: sh.abduraxmonov@umail.uz
1947 yil Pop tumanida tug’ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1968-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti (kunduzgi) “rasm va chizmachilik o‘qituvchisi” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 1979 yildan faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Umurzaqov Akramjon Xakimovich
E-mail: umurzakov1963@mail.ru
1963 yil Chortoq tumanida tug’ilgan. Texnika fanlari doktori (DSc), dotsent. 1985-yilda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (kunduzgi) “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 1992 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich
E-mail: vox111781@mail.ru
1981 yil Pop tumanida tug’ilgan. Texnika fanlari doktori (DSc), professor. 2006-yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti (kunduzgi) “Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2010 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Qo’chqorov Sobirjon Karimjonovich
E-mail: qosobirjon@gmail.com
1978 yil To’raqo’rg’on tumanida tug’ilgan. 1978 yil To‘raqo‘rg’on tumanida tug’ilgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori. 2007-yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti (kunduzgi) “Kasb ta’limi qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2007 yildan faoliyat olib bormoqda. 80 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Imomqulov Umidjon Boqijonovich
E-mail: iumidjon210384@gmail.com
1984 yil To‘raqo‘rg’on tumanida tug’ilgan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori. 2010 yilda Toshkent Davlat agrar unversiteti (kundizgi) “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jihozlaridan foydalanish va texnik servis xizmat ko‘rsatish” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2020 yildan faoliyat olib bormoqda. 80 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Inamidinova Dilarom Kiramidinovna
E-mail: 2006saidali@gmail.com
1971 yil To‘raqo‘rg’on tumanida tug’ilgan. 1992-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti (kunduzgi) “to‘quvchilik, muhandis-texnolog” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 1999 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Soliyev Doniyor Zokirjonovish
E-mail: solidonier57@gmail.com
1978 yil Andijon viloyat Izboskan tumanida tug’ilgan. 2007-yil Tasviriy san’ant va muhandislik grafikasi mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. 7 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar muallifi.
Imomov Muqimjon Xabibjonovich
E-mail: i.x.imomov@mail.ru
1984 yil Chust tumanida tug’ilgan. 2011 yilda Namangan Muxandislik-Pedagogika instituti (kunduzgi) «Kasb ta’limi transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash» yo‘nalishini tamomlaganman. Institutda 2019 yildan faoliyat olib bormoqda. 10 ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Akbaraliyev Xusniddin Xursanali o’gli
E-mail: akbaraliyevxusniddin3717@gmail.com
1994 yil Norin tumanida tug’ilgan. 2020-yilda Namangan muhandislik-qurilish instituti “Yerusti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo‘yicha)” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2020 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 10 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Mahmudov Faxriddin Rahmonjon o‘g’li
E-mail: maxmudovfaxriddin05@gmail.com
1994 yil Chust tumanida tug’ilgan. 2021-yilda Namangan muhandislik-qurilish instituti “Yer usti transport vositalari va tizimlari (transport turlari bo‘yicha)” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2021 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 5 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar muallifi.
Mirzaabdullayev Mirzaodil Mirzatilla o'g'li
E-mail: mirzaabdullayevmirzaodil2116@gmail.com
1996 yil Chust tumanida tug’ilgan. 2021-yilda Namangan muhandislik-qurilish instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishini (bakalavr) tamomlagan. Institutda 2022 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 2 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar muallifi.
Umarov Sirojiddinxo'ja Saidrahimxo'ja o'g'li
E-mail: sumarov1995@gmail.com
1995 yil Chortoq tumanida tug’ilgan. 2021-yilda Namangan muhandislik-qurilish instituti “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishini (bakalavr) tamomlagan. Institutda 2022 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. 2 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar muallifi.
O'rindoshlik asosida:
DJURAYEV ANVAR DJURAYEVICH
E-mail:
1948 yil Toshkent shahrida tug’ilgan. 1971 yil Toshkent politexnika instituti (kunduzgi) «Mashinasozliktexnologiyasi, metal qirquvchi stanoklar va instrumentllar» mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2020 yildan tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat olib bormoqda. 1000 ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
G’OZIYEV NABIXON UMARXANOVICH
E-mail:
1954 yil Chust tumanida tug’ilgan. 1976 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika instituti (kunduzgi) «Badiiy grafika» yo‘nalishini tamomlagan. Institutda 1980 yildan faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 2019 yildan o‘rindoslik asosida ishlab kelmoqda. 100 ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Qosimov A’zamjon Adixamjonovich
E-mail: aaqosimov85@gmail.com
1985 yil Norin tumanida tug’ilgan. Texnika fanlari bo’yicha falsafa (PhD) doktori. 2011-yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti (kunduzgi) “Kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash)” mutaxassisligini tamomlagan. Institutda 2007 yildan faoliyat olib bormoqda. 80 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi
Xaydarov Kamoliddin Sayfullayevich
E-mail: kamoliddin_x@mail.ru
1989 yil Namangan shaxrida tug’ilgan. 2013-Namangan muhandislik-pedogogika instituti (kunduzgi) “Kasb ta’lim Informatika va AT” mutaxasisligini tamomlagan. Istitutda 2015-yildan buyon faoliyat olib bormoqda 10 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi