• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Unutmas meni bog‘im»

NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakul'teti Axborot-resurs markazida buyuk o‘zbek shoiri Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosbati bilan «Unutmas meni bog‘im» nomli badiiy kecha tashkil etildi.

Institut axborot-resurs markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Namanganning otashin farzandi hayoti va ijodiga oid ma'ruzalar tinglandi.

Talabalar shoir she'rlaridan o‘qishdi. Shuningdek, Usmon Nosir she'rlari bilan aytiluvchi qo‘shiqlar ijro etildi.

  • Share :