• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ustozim mehnatin oqlagandayman...

Bilim har narsadan ulug‘vor, shaksiz,

Ahli ilmlarga saodat yo‘llang.

Hurmat qilmoq vojib, ehtirom joiz,

Ularni har lahza quvvatlang, qo‘llang!.

Yozuv tanitganu boshim silagan,

Endi hayotimda haqqi bor uning. 

Do‘stim, endi haqqin o‘tamoq qiyin,

Unga ta'zim qilmoq ishim har kuni.

Qancha mashaqqatni u bilan yengdim,

Qancha sinovlarda turdim mardona.

Ulug‘im, buyugim, mehri tengsizim,

Birovi otadek, birovi – ona.

Bugun qadamlarim dadil va shaxdam,

Bugun sharaflardan boshim osmonda,

Ustozim mehnatin oqlagandayman,

Bo‘loldim u orzu etganday odam.

 Farzandingizdek bo‘lib qolgan Ahmadjon Muxtorjonov

  • Share :