• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ustozni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni

Joriy 2024 yil 6-aprel kuni “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi professor-o‘qituvchilari an’anaga ko‘ra kafedrada samarali mehnat faoliyatini olib borgan ko‘plab ustozlar hamda hamkasblarni yo‘qlash, holidan habar olish kabi ulug‘vor insoniy fazilatlardan kelib chiqib, hamda, Muborak Ramazon oyi, xususan, yaqinlashib kelayotgan Iyd Ramazon Hayiti munosabati bilan, hozirda To‘raqo‘rg‘on tumani Oqtosh MFY, Istiqlol ko‘chasi 10-uyda istiqomat qiluvchi Javlon Sodiqov honadoniga tashrif buyurishdi.

Ma’lumki, J.Sodiqov 1997-yilda shu institutni tamomlab, 1997-2006 yillarda institutning “Hisoblash texnikasi (hozirgi Texnik tizimlarda AT)” kafedrasida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan. O‘zining mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, jonkuyar va samimiy inson ekani bilan obro‘ qozongan J.Sodiqov, salomatligi tufayli ayni vaqtda 1-guruh nogironi sifatida oila a’zolari qaramog‘ida.

U o‘zi mehnat faoliyatini olib borgan davrlar, mehnat jamoasi va hamkasblari bilan bog‘liq turli qiziqarli voqealar haqida gapirib, “Institut meni hayotimda katta iz va o‘chmas hotiralar bilan gavdalanadi”, – deya ta’kidladi.

Kafedra jamoasi nomidan tashrif buyurgan A.Xasanov, A.Isomiddinov,  N.Mallaboyev, K.Akmalov, D.Boqijonovlarga o‘z minnatdorligini bildirib, kafedra a’zolari, umuman institut jamoasiga o‘zining eng samimiy tilaklarini bildirdi.
 

  • Share :