• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti talabalari «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi bilan uchrashdi

Energetika va mehnat muhofazasi fakultetida «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi, Namangan shahridagi «Balance Tex» mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Avaz Nishanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakul'teti dekani Rustamjon Soliev, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar  ishtirok etdi.

Hozir vaqtda « Balance Tex» 150 nafarga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladigan, yillik mahsulot aylanmasi 1,5 mln dollar bo‘lgan, mahsulotlari MDH davlatlariga eksportga yuborilayotgan yirik tekstil' korxonasi hisoblanadi.

Tadbirkorning bosib o‘tilgan yo‘l va bugungi kunda olib borayotgan faoliyati haqidagi chiqishlari talabalarda katta taasurot uyg‘otdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldi.

  • Share :