• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti 2024 yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Har yili o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarimiz  “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti  bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Respublika hamda xalqaro miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar, loyiha va tanlovlarda gʻolib boʻlgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, shuningdek, oʻzining chuqur bilimi, tashabbuskorligi, ishbilarmonligi, shijoati va fidoyiligi bilan ajralib turgan iqtidorli 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar oʻz hujjatlarini joriy yilning 1-martiga qadar yashash manzili joylashgan hudud boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining boʻlimlariga topshirishi tavsiya etiladi.

Nizom bilan tanishish

Kerakli hujjatlar bilan tanishish

Institutda murojaat uchun: +998998061516

  • Share :