• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti axborot-resurs markazida «Siz yangi qonunni bilasizmi?» mavzusida viktorina o‘tkazildi

Xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyala sohasiga jalb qilish, ularning oliy ta'lim olishga bo‘lgan qiziqishlari va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu viktorinada institutning “Zukko qizlar”, “Tafakkur egalari” kabi bir necha guruhlari ishtirok etdi.

Viktorina davomida guruh ishtirokchilariga huquqiy yo‘nalishdagi ko‘plab savollar berildi. Hakamlar hay'ati berilgan javoblar nechog‘li aniq va to‘g‘ri ekanligini baholab bordi.

Yakunda mazkur viktorinaning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi hamda taqdirlandi. 

NamMQI media markazi

  • Share :