• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Hindiston madaniyat markazi bilan hamkorlikda ommaviy yoga mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Hindiston elchixonasi huzuridagi Hindiston madaniyat markazi Namangan muhandislik-qurilish instituti bilan hamkorlikda 62-xalqaro gullar festivali doirasida ommaviy yoga mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Xalqaro yoga kuniga bag‘ishlangan ushbu tabirda madaniyat markazi direktori Sitesh Kumar, Namangan muhandislik-qurilish instituti birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, dekan o‘rinbosarlari, t'yutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi ushbu mashg‘ulotlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Namangan muhandislik-qurilish instituti Hindiston elchixonasi huzuridagi Hindiston madaniyat markazi bilan ikkinchi bor shunday ommaviy yoga mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

  • Share :