• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda “Kitobxonlar haftaligi” boshlandi

NamMQI Axborot-resurs markazi tashabbusi bilan institutda “Kitobxonlar haftaligi”ga start berildi. Bugun mazkur tadbirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Ochilish marosimida so‘z olgan institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov kitobxonlar haftaligining ahamiyati, ushbu haftalik davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a'zolari, shoiralar Dilbar Haydarova va Ruqiya G‘ozieva institut Axborot-resurs markazi jamoasining ushbu tashabbusini e'tirof etdi va yig‘ilganlarga yangi she'rlaridan havola qildi.

Tadbir ishtirokchilari ARM fondiga yangi keltirilgan kitoblar bilan tanishdi.  

NamMQI media markazi

  • Share :