• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Qizlar ovozi” klubi hududiy koordinatorlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi

“Qizlar ovozi” klubi faoliyatini keng targ‘ib etish va takomillashtirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan poytaxtda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 70 nafar "Qizlar ovozi" klubi koordinatori uchun maxsus o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

O‘quv-seminarlar davomida hududiy koordinatorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, loyihalar samaradorligi va kreativligini boyitish, xotin-qizlar bilan tizimli ishlash mexanizmlarini maqsadli amalga oshirish bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan alohida ko‘rsatmalar berildi.

O'quv seminarda Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiasi sohibasi, Namangan viloyati "Qizlar ovozi " klubi "Bandlik va tadbirkorlik " yo'nalishi koordinatori Oyshaxon Qodirova ham ishtirok etmoqda.

  • Share :