• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabalar akademik bilan muloqotda boʻldi

Namangan muhandislik-qurilish institutida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Astronomiya instituti nazariy astrofizika boʻlimi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Bobomurod Ahmedov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv mavzusi birinchi va ikkinchi Renessans davrida markaziy osiyolik olimlarning kashfiyotlariga bagʻishlandi. Shuningdek, yulduzlar paydo boʻlishi va evolyutsiyasi ham atroflicha koʻrib chiqildi.

Uchrashuv davomida akademik talabalar bilan bevosita muloqotda boʻldi va ularning koʻplab savollariga batafsil javoblar berdi.

NamMQI media markazi

  • Share :