• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Vazir Namangan muhandislik-qurilish institutidagi ilmiy ishlanmalar va loyihalar bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov muhandislik-qurilish institutida bo‘lib, institut olimlarining ilmiy ishlanmalar va loyihalari bilan tanishdi.

Vazir, xususan, quyosh va shamol energiyasida ishlovchi muqobil energetika qurilmalariga eʼtibor qaratdi. Ularni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash qurilmalari, jamoat transporti harakatini tartibga solish bo‘yicha loyihalar qiziqish uyg‘otdi.
 

  • Share :