• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Web dasturlash” va “Android platformasida mobil ilovalarni ishlab chiqish” kitoblarining taqdimoti boʻlib oʻtdi

“Web dasturlash” va “Android platformasida mobil ilovalarni ishlab chiqish” kitoblarining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Namangan muhandislik-qurilish institutida Kitobxonlik haftaligi doirasida institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov hammuallif boʻlgan “Web dasturlash” va “Android platformasida mobil ilovalarni ishlab chiqish” kitoblarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Taqdimotni institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliyev ochdi va olib bordi.

Institut rektori Sharifjon Ergashev muallifni mazkur qoʻllanmalar bilan tabriklab, oliy oʻquv yurtida bu kabi taqdimotlar doimiy tus olishi kerakligini taʼkidladi.

Odiljon Jakbarov ushbu qoʻllanmalar axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun moʻljallangani, ularda asosiy tushunchalar bilan birgalikda talabalar mustaqil ishlashi uchun mashq va misollar ham keltirib oʻtilganini aytib oʻtdi.

Yakunda ushbu qoʻllanmalarning koʻplab nusxalari institut axborot-resurs markaziga taqdim etildi. 

  • Share :