• Davlat ramzlari
  • Sayt xaritasi

Namangan Muhandislik Qurilish Instituti


XALQARO HAMKORLIK BO’LIMI


ERGASHEV ISLOMJON

 Telefon: +998 88 688 80 81   

 E-mail:  islam.ergashev2016@gmail.com

 Ma'lumotnoma: Yuklab olish



     

Xalqaro hamkorlik bo’limi institutning tashqi aloqalarini muvofiqlashtirib, xorijiy ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari, malaka oshirish institutlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatish maqsadida tashkil etilgan. 

Bo’limning maqsadi: 

Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro hamkorlik bo’limi institut bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish va ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish bo’yicha stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha YUNESCO, “El-yurt umidi” Jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiyali dasturlarda qatnashish borasida maslahatlar beradi. 

Bo’limning vazifalari: 
• institut tomonidan xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o’rnatilgan aloqalarni, jumladan, shartnoma, kelishuv, memorandumlar ijrosini ta’minlash; 
• xorijiy mutaxassislar, professor-o’qituvchilar hamda talabalarni institutga tashrifini tashkil qilish; 
• ta’lim va o’quv jarayonini takomillashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar jalb qilish; 
• xorijiy grantlarni olish bo’yicha professor-o’qituvchilar, izlanuvchilar va tadqiqotchilarning ishtirokiga oid masalalarga ko’mak berish; 
• professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va ilmiy xodimlarning xorijiy safarlari bo’yicha hujjatlarini rasmiylashtirishda maslahatlar berish; 
• professor-o’qituvchi, tadqiqotchi, ilmiy xodim va talabalarning turli xalqaro grant loyiha va dasturlarda, ta’limga oid fondlarda ishtirok etishlari uchun tavsiyalar berish; 
• O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus vakillari bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish va kengaytirishdan iborat. 

Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Erasmus dasturlari bo’yicha institut professor-o’qituvchilari Yevropaning nufuzli universitetlarida malaka oshirish va ilmiy izlanishlar olib borish, talabalar esa tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bundan tashqari, institutning hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida xorijiy OTMlar bilan qator ikki tomonlama kelishuv va memorandumlar tuzishga erishildi. Hozirgi kunda ushbu hamkor universitetlar bilan qizg’in hamkorlik faoliyati olib borilmoqda. 

So’nggi yillarda Erasmus Mundus dasturining TIMUR va Erasmus+ loyihalari doirasida Ispaniyaning Granada universiteti, Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Avstriyaning Vena tabiiy fanlar universiteti, Germaniyaning Hoenhaym universiteti, Shvetsiya qishloq xo’jalik universiteti, Sloveniya Lyublyana universiteti, Italiyaning Bolonya universitetlarida institutning 50 dan ortiq professor-o’qituvchilari malaka oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borishgan bo’lsa, 20 dan ortiq talabalar esa turli muddatlarda tahsil oldi. Hozirda esa bo’lim tomonidan bu kabi loyihalar va ularning qatnashchilari sonini oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunga kelib, institut 
хalqaro aloqalar bo’limi quyidagi mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar, kelishuvlar va hamkorlik shartnomalari imzolashga erishgan: 

 

AVSTRIYA 
            Vena tabiiy fanlar universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)

BELARUS RESPUBLIKASI

Polotsk davlat universiteti

Belarus milliy texnika universiteti

Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti

Belorussiya davlat texnologiya universiteti

Bretsk davlat texnika universiteti

CHEXIYA RESPUBLIKASI 
            Chexiya tabiiy fanlar universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 

GERMANIYA 
            Hoenhaym universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)

HINDISTON

KIET Group of Institutions

K. J. Somaiya muhandislik va axborot texnologiyalari instituti 

ISPANIYA 
            Granada universiteti (Erasmus+ dasturi doirasida)    

             Las Palmas de Gran Kanariya universiteti     

ITALIYA 
            Bolonya universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)

MALAYZIYA

 Malaya universiteti

NIDERLANDIYA 
            Vageningen unversiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)

POLSHA 
            Yan Koxanovski universiteti 
            Kalisia universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
            Adam Mitskevich universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)

PORTUGALIYA 
            Portu Universiteti  

ROSSIYA FEDERATSIYASI 

Novosibirsk davlat texnika universiteti 

Novosibirsk davlat arxitektura-qurilish universiteti

Petrozavodsk davlat universiteti 

P.A.Kostichev nomidagi Ryazan davlat agrotexnologik universiteti 

Qozon davlat agrar universiteti

M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy Arktik federal universiteti

Janubiy-Ural davlat universiteti

SHVETSIYA 
 
            Shvetsiya qishloq xo’jalik fanlari universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)  
SLOVENIYA 
            Lyublyana universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
TURKIYA 

Karamanoglu Mehmetbey universitesi

Karabuk universiteti

 

UKRAINA

Kiev qurilish va arxitektura milliy universiteti
XITOY XALQ RESPUBLIKASI 
            Wuhan texnologiyalar universiteti     

             Guilin texnologiya universiteti

 

Bulardan tashqari, Хalqaro hamkorlik bo’limi DAAD, ITEC, MTCP, KOICA kabi ta’lim va tadqiqot bilan bog’liq stipendiya dasturlari bilan faoliyat olib boradi. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkentdagi Erasmus+ milliy ofisi bilan birgalikda va muntazam faoliyat yuritadi.

Foydali havolalar

image
image
image
image
image
Top reyting www.uz © 2017 - 2021. NamMQI - Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan ma`lumotlardan foydalanilganda veb-saytga havola qilish majburiy.