• Davlat ramzlari
  • Sayt xaritasi

Namangan Muhandislik Qurilish Instituti


XODIMLAR BO'LIMI


Soliyev Ahmadjon Mahamadovich

 har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

 Telefon: 94  550 02 04       

 E-mail:  Sahmadjon1605@gmail.com

 Ma'lumotnoma: Yuklab olish



                                           Xodimlar bo'limining maqsad va vazifalari 

Institutning tashkiliy tuzulmasi tarkibiga kiruvchi professor-o‘qituvchilari, ma’muriy-bоshqaruv, muhandis-texnik, o’quv-yordamchi xоdimlarni tanlash va jоy-jоyiga qo’yish ishida ishtirоk etish. Ishga olingan har bir xodim va pedagog-xodim hamda ishchi-xodimlar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini hamda faoliyatga oid buyruqlarni rasmiylashtirish; Institut pedagog-xodim va ishchi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy xo‘jalik xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash; Pedagog-xodim va ishchi-xodimlarning qo‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rnatish; Institut pedagog-xodim va ishchi-xodimlari hamda fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlarini davlat attestasiyasini tashkil etishda ko‘maklashish; Institut nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zahirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga taklif berish; Institutning xodimlarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda raxbariyatga takliflar berish; Institutning bakalavriat, magistratsra bosqichlari davlat ta’lim standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat Attestasiya komissiyasi qarori asosida institut rektorining buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalarini berish; O‘qishga qabul qilingan talablarni shaxsiy xujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qarab saqlash; Institut tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom, diplom ilova)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek institutning barcha so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llaydi; Institutning bakalavriat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlari o‘zlashtirigan bitiruvchi va ularni davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalari berish; Bo‘lim xodimlarining vazifalari Rektor nomenklaturasiga kiradigan ma’muriy-boshqaruv, muhandis-texnik o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlari tarkibini institut rahbariyati bilan birgalikda tanlash va mehnat qonunchiligi me’yorlariga asoslangan holda rasmiylashtirish; Rektor nomenklaturasiga qarashli institut xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil qilish, shuningdek yuqori idora nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarni mansablarga tasdiqlash uchun hujjatlarni taqdim etish; Institut talabalari va xodimlarining shaxsiy hujjatlari yurgizilishini nazorat qilish; Belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida institut xodimlarining statistik hamda shaxsiy hisobini nazorat qilish; Mehnat daftarchalari yurgizishni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisobini olib borishni nazorat qilish; Shtat jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda qaror qabul qilish; Xodimlarning mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini institut kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish; Institutning bakalavriyat, magistratura boskichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularga davlat tomonidan tasdiklangan diplom, diplom ilovalari rasmiylashtirilganligi yuzasidan axborot-taxliliy ma’lumotlar bankini shakillantirib borish. Ishlоvchilar tоmоnidan so’ralgan barcha turdagi ma`lumоtlarni o’z vaqtida tayyorlab berish.

Foydali havolalar

image
image
image
image
image
Top reyting www.uz © 2017 - 2021. NamMQI - Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan ma`lumotlardan foydalanilganda veb-saytga havola qilish majburiy.