• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya yakuniga yetdi

Konferensiya kun tartibiga muvofiq 18-19 may kunlari 5 ta sho‘bada muhokamalar o‘tkazildi. 230 yaqin maqola to‘plamga kiritilishi rejalashtirildi, ulardan 50 tasi xorijiy, 80 tasi respublika OTMlaridan va 100 dan ortig‘i institut professor-o‘qituvchilari va talabalariga tegishli. 

Konferensiyaning ochilish marosimi va sho‘balarda 30 dan ortiq xorijiy OTM vakillari onlayn va bevosita ishtirok etdi. 

Shuningdek, konferensiya doirasida Sotim Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston xalqaro chet tillar universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :