• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning yoshlar hayotidagi ahamiyati» mavzusida muloqot tashkil etildi.

Unda viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorbek Fayzullaev, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekani o‘rinbosari Anvarjon Dehqonov, tyutorlar hamda fakultet tarkibidagi akademik guruhlarning 40 nafar sardorlari ishtirok etdi. 

Tadbirda konstitutsiyaga kiritilgan muhim o‘zgarishlar haqida batafsil hikoya qiluvchi videorolik namoyish etildi. Namoyishdan so‘ng so‘z olgan  Ahrorbek Fayzullaev bosh qonunni o‘zgartirishga sabab bo‘lgan omillar hamda kirtilgan o‘zgartirishlarning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida fikrlarini bayon qildi.

Shundan so‘ng talabalarning tadbir mavzusiga oid hamda boshqa huquqiy mazmundagi savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javoblar berildi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :