• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yangi yilning muqaddimasi - Navroʻzi olam!

Namangan muhandislik qurilish instituti 1-sonli Talabalar turar joyida ʼʼOlam nurga to'lsin sen bilan, Navro'zʼʼ nomli bayram kechasi boʻlib oʻtdi

Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi. U oʻz chiqishida ushbu sayl bugungi milliyligimiz ramzi boʻlmish sumalak, osh taomlari pishirilganligini ta'kidladi.

Talaba-qizlarimiz tomonidan viloyatlar urf-odatlari, madaniyati, an'analarini hamda milliy taomlarini pishirgan holda bayram kechasi tashkillandi.

Kechada koʻplab kuy qoʻshiqlar, laparlar, yallalar yangrab barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.

Dilbar, latofatli, suluv qizlarimiz milliy liboslarda kechaga yanada koʻrk bagʻishlab turdilar, yigitlarimiz ham oʻzlarini fidoiyliklari bilan qatnashdilar

Tadbirda qatnashgan har bir qavat qizlari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

  • Share :