• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi , Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi oliy taʼlim muassasalari teatr studiyalari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov gʻoliblari diplom, esdalik sovgʻalari hamda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:

“Milliy an'ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun” nominatsiyasi — 30 mln. soʻm;

“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyasi — 40 mln. soʻm;

“Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi — 60 mln. soʻm.

Eng faol ishtirokchilar ham quyidagicha taqdirlanadi:

“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi — 4 mln. soʻm;

“Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;

“Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;

Ishtirok eting va gʻolib boʻling. Oʻz iqtidoringizni namoyon qilish vaqti keldi!

 

Nizom bilan tanishish

  • Share :