• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yoshlar oyligi doirasida bo‘lib o‘tadigan konsertga marhamat!

Qadrli talabalar, aziz yoshlar!

Sizlarni bugun, 8-iyun kuni soat 20:00 da Yangi Namangan tumanida joylashgan 2-tug‘ruqxona oldidagi avtoturargohda (institut avtoturagohi yonida) «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan yoshlar sayliga taklif etamiz!

Tadbir davomida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida turli xil musobaqalar, ko‘ngilochar dasturlar, qiziqarli viktorinalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Bahriddin Zuxriddinov, Bekmirza Dadaboev, Qilichbek Madaliev, Oybek Ahmedov, Sohib Tojiboev kabi xushovoz xonandalar ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni ushbu kechada faol ishtirok etishga chorlaymiz!‌‌

  • Share :