• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yoshlar uchun maxsus ekskursiya tashkil etildi

NamMQI Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti koordinatori Asadbek Bekchonov tashabbusi bilan "Chavandozlar" maktabiga ekskursiya uyushtirildi.

Talabalar chavandozlar maktabida kamondan oʻq otish, ot minish sanʼati bilan yaqindan tanishib, oʻzgacha taassurot bilan qaytishdi.

Bu ekskursiyada 40 nafar talaba faol ishtirok etdi. Milliy gvardiya hududiy boʻlinmasi xodimlari bilan ot minish toʻgaragi faoliyati boʻyicha ham kelishib olindi.

  • Share :