• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish”

Davra suhbatini institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi.

Tadbir davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hududiy boshqarmasi yurist-maslahatchisi Ilhomjon Karimov, Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Ahrorbek Fayzullayev, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Ilhomjon Fayziyev, viloyat IIB Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi Lutfullo Xoliqov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimi Ilhomjon Isaqovning chiqishlari tinglandi.

Davra suhbatida yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan holi jamiyat yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.

  • Share :