• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Hunari orqali goʻzallik ulashayotgan talaba

Xotin-qizlar bayrami arafasida institut kirish qismida qator terib qoʻyilgan bejirim sunʼiy gullar koʻpchilik eʼtiborini oʻziga tortdi. Ularni Transport fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Shohista Omonboyeva tayyorlagan.

Shohista Mingbuloq tumanining Gurtepa qishlogʻida tugʻilib-oʻsgan, hozirda Namangan shahrida yashaydi. Gul yasashni onasidan oʻrgangan va opasi bilan birga davom ettirmoqda.

—Kiloli sovunlarni eritib, qoliplarga quyib, turli shakldagi gullarni tayyorlaymiz. Bir kunda kichikroq boʻlsa 100-150 ta, katta hajmdagilari boʻlsa 6-7 ta sunʼiy gul tayyorlashimiz mumkin. Ular 15 ming soʻmdan 500 ming soʻmgacha sotiladi. Uzoq vaqt saqlanib turadi, oʻzidan nafis hid taratadi, — deydi Shohista.

Talaba shu hunari orqali oyiga 4-5 million soʻm daromad topmoqda. Uning sanʼatiga institut yoshlari bilan muloqot qilish uchun kelgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sardor Gʻiyosov ham yuqori baho berdi.

NamMQI media markazi

  • Share :