• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi

Namangan muhandislik-qurilish instituti Sanoatni axborotlashtirish fakulьteti talabalari uchun «Uch avlod» uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir institutning faxriy oʼqituvchisi, Аxborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi dotsenti Sobitxon Xoshimov xamda Kimyo texnologiyalari kafedrasi dotsenti Gulnoza Qodirova va iqtidorli yoshlar ishtirokida boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv davomida nuroniy ustoz va oʼrta avlod vakili boʼlgan olima tomonidan talabalar uchun motivatsion maslahatlar, ibratli fikrlar bildirib oʼtildi. Bilim va kitobning inson hayotidagi oʼrni haqidagi mulohazalar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakuni talabalar bilan savol-javoblarga ulanib ketdi.

  • Share :