• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutga biriktirilgan yoshga tikuv mashinasi taqdim etildi

Namangan muhandislik-qurilish instituti birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligidagi mutasaddilar Yangiqo‘rg‘on tumani, Rovut mahallasidagi Bahromjonovlar xonadonida bo‘ldi. 

Ular ushbu xonadonda yashovchi, institutga biriktirilgan nogironligi bor yoshlar ro‘yxatidagi Zebixon Bahromjonova xolidan xabar oldi. 

Zebixon va uning yaqinlari bilan muloqot   qilinib, qizning qiziqishlari va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi o‘rganildi. Oldingi muloqotlarda bildirilgan istaklardan kelib chiqib, xonadonga tikuv mashinasi taqdim etildi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :