• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutning 4 nafar iqtidorli talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqich g’olibi bo’ldi!

"Yangi O‘zbekiston–yoshlar ziyo maskani"da "Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Unda avvalgi bosqichda munosib ishtirok etgan, g’olib sifatida viloyat bosqichiga yetib kelgan 60 nafar yoshlar oʻzaro bahslarga kirishdi.

Boʻlib oʻtgan loyihalar taqdimotlari davomida 20 nafar eng yaxshi innovatsion g’oya muallifi Respublika bosqichi yo’llanmasiga munosib deb topildi. Quvonarlisi, ularning ichida institutimiz talabalari ham bor:

Jumaboyev Diyorbek Bahromjon oʻgʻli—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi;

Majidov Anvarxon Mahmudxon oʻgʻli—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi;

Nasirdinov Nursaid Nurmuhammad oʻgʻli—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 3-bosqich talabasi;

Shoyoqubov Omadjon Odiljon oʻgʻli—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi

G’olib talabalarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

  • Share :