• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedra haqida 
 

      Kafedra 1985 yilda tashkil topgan.  Hozirda kafedraning moddiy-texnika bazasi sonli dastur bilan boshqariladigan,   universal,  maxsus dastgohlar va sanoat robotlari bilan jihozlangan. 

Kafedrada materialshunoslik,   kesish nazariyasi asoslari,   avtomatlashtirilgan ishlab   chiqarishini texnologik jihozlari,   mashinasozlik texnologiyasi, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqa fanlardan laboratoriyalar mavjud Kafedrada 1 nafar fan doktori, 4  nafar  fan   nomzodi,  4  nafar katta   o’qituvchi va 2  nafar  o’qituvchilar   faoliyat ko’rsatmoqda. Ular tomonidan 5 ta fandan darslik va 6 ta fandan o’quv qo’llanmalar  chop etilgan. SHu  bilan   birga  ilmiy - tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib, fundamental muammolar bo’yicha tadqiqot ishlarini bajarishmoqda. 

 

Kasbiy faoliyat ob’ektlari: 

           Yo’nalish bo’yicha bakalavr kasb faoliyatining ob’ektlarida samarali ishlab chiqarish jarayonlari va mashinasozlik sanoati texnologiyasining asoslari, yuqori unumli namunaviy texnikaviy jihozlar, ularni sozlash usullari, yo’sinlari, yo’llari majmuini oladi. 

Kasbiy faoliyat turlari 

       Yo’nalish bo’yicha bakalavr fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikka mos keluvchi quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarish mumkin.

- ishlab chiqarish-texnologik: tsex bo’limidagi texnolog ishida, namunaviy texnologik jarayonlarni, SDBdigan texnologik uskunalar uchun hisob-texnologik kartalari va boshqarish dasturini ishlab chiqarish va ularni qo’llash va boshqa ishlarda ishlash; 

loyiha-konstruktorlik sohasida: texnologik standart va nostandart jihozlarning uzel va detallariga ishlov berish va o’lchash asboblarining namunaviy uskunalari va boshqalarni loyihalash;

ishlab chiqarish-boshqaruv sohasida: mashinasozlik sanoat korxonalarida usta, katta usta, muhandis, korxona boshlig’i;

eksperimental-tadqiqot sohasida: namunaviy metodika va boshqalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va natijalariga ishlov berish.

 

Turdosh kasblarga moslashish imkoniyatlari 

Yo’nalish bo’yicha bakalavr quyidagi kasbiy faoliyat turlariga moslashish mumkin: 

ishlab chiqarish-boshqaruv sohasida: mashinasozlik sanoat korxonalarida usta, katta usta, muhandis, korxona boshlig’i;

montaj-sozlash ishlarida: tsexningbo’limi va boshqalarda texnologik va nostandart jihozlarni montaj qilish va sozlash bo’yicha ishlarni rejalashtirish hamda bajarish;

 

foydalanish va servis xizmat ko’rsatishda: tsex bo’limlarida namunaviy texnologik va nostandart jihozlardan foydalanish, ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko’rsatish va boshqalarni tashkil etish;

ilmiy-tekshirish: ilmiy-tadqiqot va eksperimental-loyiha institutlarida hamda ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida ishlash. 

Ta’lim sohasida: qo’shimcha psixologik-pedagogik tayyorgarlikdan o’tgach kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlardan dars o’ta olishi mumkin. SHuningdek magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ikki yildan kam bo’lmagan muddatda ta’limni davom ettirish mumkin.


Kafedra tarkibi:


Shermatov G`ofurjon G`ulomovich
 


Botirov Abdusattor Gapparovich

t.f.n. dotsent


Abdullayev Kamol Hakimovich

dotsent


Asatillayev Yo`ldashali Malikovich

t.f.n


Xaydarov Axmadjon Qambarovich

Katta o`qituvchi


Bekmirzayev Shuxrat Bekmirzayevich

Katta o`qituvchi


Nishonov Botir Muxammadjonovich

Katta o`qituvchi
 


Begmatov Dilmurod Karimjonovich

Katta o`qituvchi
 


Davronova Muxayyo Usubjanovna

Katta o`qituvchi
 


Karimov Boxodir Yusufjanovich

Katta o`qituvchi
 


Mamatraximov Olmosbek Abdusalomovich

O`qituvchi

  • Share :