• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Qalqon” jamoatchilik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Mudofa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi hududiy bo‘limi a'zosi, istefodagi podpolkovnik A'loxon Turg‘unov, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi raisi, istefodagi polkovnik Hasanboy Xidirov, kengash raisi o‘rinbosari, istefodagi podpolkovnik Nozimjon Ismoilov, profilaktika inspektori Sirojiddin Sherg‘oziev va guruh a'zolari ishtirok etdi.

Muloqot davomida “Qalqon” jamoatchilik guruhlarini tuzishdan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar haqida so‘z bordi. Ushbu guruh Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar, Mudofaa, Ichki ishlar,  Yoshlar siyosati va sport vazirliklari hamda Milliy gvardiyaning qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan.

Uning asosiy vazifasi talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, OTMlarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirishga ko‘maklashishdan iborat.

NamMQI media markazi

  • Share :