• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Bayram tadbirini institut rektori tabrik soʻzi bilan ochib berdi.

Rektor oʻz chiqishida bugungi kunda institutda 250 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar va xodimlar faoliyat olib borayotgani, ulardan 10 nafari oʻtgan yili falsafa doktori ilmiy darajasini olishga muvaffaq boʻlganini taʼkidladi. Bunday yutuqlar bardavom boʻlishini tiladi va tashakkurnoma hamda bayram sovgʻalarini taqdim etdi.

Tadbir ishtirokchilarini Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi ikkinchi kotibi Shri Srinivisan elchi Manish Prabxat nomidan qutladi va oʻzining eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Aziz Toshmatov institut ayollarini bayram bilan muborakbod etib, esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Bayram tadbiri sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar va raqslar bilan davom etdi.

  • Share :