• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI bilan tuzulgan o‘zaro xamkorlik memorandumi

2023 yil 10 may kuni Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani I.Sayfullayev 2-bosqich,  Korporativ boshqaruv ta’lim yo‘nalishi 2-KB-21 guruhi talabalari bilan birgalikda AT "Ipak yo‘li bank" Namangan viloyati boshqarmasiga tashrif buyurishib, bank faoliyati, uning funksiyalari hamda NamMQI bilan tuzulgan o‘zaro xamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.
Shunungdek davra suhbati davomida AT "Ipak yo‘li bank" Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Boymirzayev,   chakana kreditlash sektori boshlig‘i X.Abdusalomov hamda Korporativ xizmatlar bek-officye boshlig‘i F.Rizzayevlar talabalarga bank faoliyati, banklarda yuritiladigan hujjatlar turi va mazmuni bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazib berdilar. Talabalarga bank xodimlari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hamkorlik memorandumiga asosan Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida "Ipak yo‘li banki" ning  o‘quv xonasini tashkil etish, shuningdek fakultetning boshqa guruhlari bilan shu kabi uchrashuvlar tashkil etilishi bo‘yicha kelishib olindi.

Dekan o‘rinbosari O.Axmedov

  • Share :